Germaniyada kuchaytirilgan karantin 16 dekabrdan kuchga kiradi

Olam

image

Germaniya Hukumati koronavirus infeksiyasining tarqalish tezligini kamaytirish uchun mamlakatda 16 dekabrdan 10 yanvargacha qat’iy karantin choralarini joriy qilmoqda. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel federal shtatlar Bosh vazirlari bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qilgan.

“Biz ertaroq harakat qilishimiz kerak va biz hozir buni qilyapmiz” deydi Merkel.

Kanslerning ta’kidlashicha, Germaniyada chakana savdo do‘konlari 16 dekabrdan boshlab yopiladi, faqat oziq-ovqat va kundalik mahsulotlar sotadigan do‘konlar bundan mustasno. Shuningdek, sartaroshxonalar faoliyati to‘xtatiladi va pirotexnika vositalarini sotish taqiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyada koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun 15 dekabrdan boshlab, soat 20:00 dan 06:00 gacha "qat’iy nazorat ostida" komendantlik soati joriy etilishi xabar qilingandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ham koronavirus bo‘yicha aholiga ogohlantirish bilan chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Karantin

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing