Germaniyada qochqinlar soni rekord darajada ko‘paydi
Olam
−
20 Sentabr
4199Germaniyadagi qochqinlar soni Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yuqori darajaga yetdi va qariyb 3,5 million kishini tashkil etdi. Ulardan 1,18 millionga yaqini ukrainaliklar. Bu haqda “Neue Osnabryucker Zeitung” xabar berdi.
“Germaniyada yashovchi qochqinlar soni eng yuqori darajaga yetdi. 2024 yilning birinchi yarmi oxirida mamlakatda jami 3,48 millionga yaqin qochqin yashagan. Bu 2023 yil oxiriga nisbatan qariyb 60 mingga ko‘p va 1950 yillardan beri eng yuqori ko‘rsatkich”, deyiladi xabarda.
Nashrning yozishicha, 3,48 million qochqinning deyarli 1,18 millionini ukrainaliklar tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, 9 sentyabr kuni Germaniya Ichki ishlar vaziri Nensi Fezer muhojirlar oqimini kamaytirish va terrorchilik tahdidiga qarshi kurash doirasida Germaniyaning barcha quruqlik chegaralarida vaqtinchalik nazorat choralarini joriy etishni buyurgan. Fezer Yevropa Komissiyasiga yo‘llagan tushuntirish xatida mamlakat va uning federal shtatlarining muhojirlarni qabul qilish uchun resurslari deyarli tugaganini ma’lum qilgan. Qator germaniyalik siyosatchilar esa ukrainalik qochqinlar uchun “Bürgergeld” (Germaniya fuqarolariga ishsizlik nafaqasi)ni bekor qilishni talab qilgan. Kishi boshiga oylik “Bürgergeld” to‘lovi 563 yevrogacha bo‘ladi va Ukraina fuqarolari integratsiya va til kurslarini tugatgandan so‘ng bepul tibbiy xizmatlar va ijtimoiy uy-joy bilan ta’minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya hukumati bir guruh afg‘onistonliklarni o‘z vataniga deportatsiya qilgan edi.
LiveBarchasi