Germaniyada Falastinni qo‘llab-quvvatlagan futbolchi klubdan chetlatildi
Sport
−
18 Oktabr 2023
11276Germaniyaning “Mayns” futbol klubi niderlandiyalik yarim himoyachi Anvar el-G‘ozini ijtimoiy tarmoqdagi Falastinni qo‘llab-quvvatlagan posti tufayli o‘yin va mashg‘ulotlardan chetlatdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
“Mayns” Yaqin Sharqdagi mojaro bo‘yicha turlicha qaralashlar mavjudligini tan oladi, biroq klub o‘yinchisining posti jamoa qarashlariga ziddir. Uni mashg‘ulotdan chetlatish yakshanba oqshomida ijtimoiy tarmoqdagi o‘chirib tashlagan postiga javobdir. Sanksiyalardan oldin direktorlar kengashi va futbolchi o‘rtasida batafsil muhokamalar bo‘lib o‘tgan”, deyiladi klub bayonotida.
Shuningdek, Myunxenning “Bavariya” klubi rahbariyati Marokash terma jamoasi himoyachisi Nussair Mazraui bilan futbolchining ijtimoiy tarmoqlarda Falastinni qo‘llab-quvvatlagan posti bo‘yicha suhbat olib bordi. Bundan tashqari, Fransiyaning “Nitssa” jamoasining jazoirlik futbolchisi Yusuf Atal Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi videoni chiqargani uchun klub mutasaddilaridan uzr so‘rashiga to‘g‘ri keldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya IIV Karim Benzema G‘azo sektoridagi barcha portlashlarni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlab, bolalar va ayollarni har qanday zarardan himoya qilishni talab qilgani uchun uni terror tashkilotga aloqasi borligini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr