Germaniyada Alisher Usmonovga nisbatan ochilgan “pul yuvish” ishi yopildi
Olam
−
05 noyabr
2020Germaniyada rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga nisbatan pul yuvish ishi yopildi. Usmonov bu tergov to‘xtatilishi evaziga 4 million yevro to‘lashga rozi bo‘lgan. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Frankfurt-Mayn Bosh prokuraturasiga ko‘ra, 71 yoshli tadbirkorga nisbatan ish 11 oktyabr kuni mamlakatning Jinoyat-protsessual kodeksining 153-moddasi “a” bandiga binoan yopilgan. Ushbu bandga ko‘ra, tergov qilinayotgan shaxs tomonidan ayrim shartlar va majburiyatlar bajarilganda, jumladan, xayriya yoki davlat byudjetiga hissa qo‘shish orqali ish to‘xtatilishi mumkin.
Qayd etilishicha, tadbirkor 1,5 million yevroni bir necha notijorat tashkilotlarga, yana 2,5 million yevroni esa Germaniya davlat byudjetiga o‘tkazishni zimmasiga olgan. Shu bilan birga, ushbu to‘lov Usmonovning aybini tan olishini anglatmaydi. Milliarderning advokatlari Uve Lembruk va Markus Gotsenga ko‘ra, 2,5 yildan ko‘proq davom etgan tergov Usmonovga nisbatan da’volarni, jumladan, pul yuvish ayblovlarini tasdiqlay olmagan.
Tadbirkorning bu mablag‘ni to‘lashga rozilik berishiga protsessual samaradorlik sabab qilib ko‘rsatilgan, xususan, u ushbu “to‘qib chiqarilgan ishni” cho‘zishni istamagan. Shuningdek, Usmonov prokuratura va davlat organlari xodimlariga qarshi sudga da’vo arizasi berishdan hamda Gessen federal yeridan noxolis tergov tufayli yetkazilgan zararni undirish talabidan voz kechgan.
Ma’lumot uchun, Frankfurt-Mayn Bosh prokuraturasi 2022 yil iyun oyida milliarderga qarshi tergov boshlagan bo‘lib, bu jarayonda mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamli tintuvlar o‘tkazilgan. Umumiy hisobda Bavariya, Baden-Vyurtemberg, Shlezvig-Golshteyn va Gamburgda 24 joyda tintuvlar amalga oshirilib, keyinchalik sud ushbu tintuvlarni noqonuniy deb topgan va barcha musodara qilingan mol-mulkni egalariga qaytarishni buyurgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyaning ARD telekanali Parij Olimpiadasidagi qilichbozlik haqida reportaj e’lon qilib, unda jurnalist milliarder Alisher Usmonovni hakamlarni sotib olishda ayblagandi. Keyinchalik, telekanal ushbu materialning haqiqatga zid ekanini tan olgan.
LiveBarchasi