Germaniyada afg‘onistonlik erkak ikki kishini pichoqladi 

Olam

image

Kecha, 4 sentyabr kuni Germaniya poytaxti Berlinda afg‘onistonlik erkak ikki kishiga pichoq urdi. Bu haqda TASS mahalliy politsiyaga tayanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea Vilmersdorf rayonida yuz bergan. 29 yoshli afg‘onistonlik shahar hiyobonida bog‘bonlik qilayotgan 58 yoshli ayolni pichoq bilan yaralagan. Shundan so‘ng, u yarador ayolni qutqarish uchun kelgan 66 yoshli erkakni ham pichoqlagan.

Tergov xulosasiga ko‘ra, 2016 yildan buyon Germaniyada yashayotgan huquqbuzar ruhiy kasallikka chalingan. Tergov davom etmoqda.

“Erkak jinoyat sodir etilgan joyda qo‘lga olindi. Yaradorlar shifoxonaga yotqizilgan”, deyiladi xabarda.

Qayd etish kerakki, Afg‘onistonda hokimiyatni egallagan “Tolibon” va rasmiy Berlin diplomatik aloqalarni tiklash niyatida. Biroq, yuqoridagi kabi holatlar ushbu jarayonga ta’sir qilishi va Yevropaning Afg‘oniston bilan aloqaga kirishini kechiktirib yuborishi mumkin. 

Ma’lumot o‘rnida, harbiylarini Afg‘onistondan olib chiqqan Germaniya evakuatsiya jarayonida 20 ming afg‘onistonlikni ham olib ketgan. Hozirda qochqinlar uchun mamlakat hududida maxsus joy tashkil qilinib, har kuni 60 mingga yaqin kishi uchun ovqat tayyorlanmoqda.     
 


Maqola muallifi

Teglar

Berlin Germaniyad “Tolibon”

Baholaganlar

334

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing