Germaniya vaziri Putinning taklifiga javob qaytardi
Olam
−
22 iyul 2022
29780Germaniya vitse-kansleri, Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish vaziri Robert Xabek “Shimoliy oqim 2” gaz quvurining ishga tushirilishiga keskin qarshi chiqdi va bu “Germaniya va Yevropada oq bayroq ko‘tarilishi” bo‘lishini aytdi.
Kecha, 21 iyul kuni kechqurun ZDF televideniyesiga bergan intervyusida Xabek quvurning ishga tushirilishi hech narsani o‘zgartirmasligini tushuntirdi.
“Shimoliy oqim 2”ni ishga tushirish, variant emasligi kundek ravshan. Rossiya gaziga qaramlikni yanada kuchaytirish mumkin emas”, degan Xabek.
Bunday holda, uning so‘zlariga ko‘ra, “Rossiya sanksiyalarni buzishdek maqsadiga erishgan bo‘lardi”.
“Bu Germaniya va Yevropada oq bayroqning ko‘tarilishi bo‘lardi. Biz buni qilmasligimiz kerak”, degan Xabek Germaniya “kuchli davlat” ekanini qo‘shimcha qilib.
U “Shimoliy oqim” gaz quvuri orqali Rossiya gazining qayta tiklanishiga ishonchlilik belgisi sifatida qaramaslik haqida ogohlantirgan.
Shu sababli, Xabekning ta’kidlashicha, Germaniya “[Rossiya Federatsiyasidan yetkazib beriladigan gazga] muqobil yo‘llarni topishi va tejamkor bo‘lishi kerak”. “Shimoliy oqim” gaz quvurining to‘liq ishlashi uchun zarur bo‘lgan Siemens turbinasi masalasiga to‘xtalib, vazir bu uskunani “uydirma dalil” va Rossiyaning “ishonchsiz o‘yini” deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Gazprom” kompaniyasida turbinalar yetarli, bu bitta turbina kerak bo‘lmaydi. Shu bilan birga, Germaniya Iqtisodiyot vazirligi rahbarining ta’kidlashicha, “Shimoliy oqim” rejalashtirilgan tekshiruvdan oldin ham 100 foiz ishlashi mumkin edi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Tehronga tashrifi yakunlariga ko‘ra, “Shimoliy oqim-2” loyihasining ishga tushirilishi Rossiya gazini Yevropaga yetkazib berishni oshirish yo‘llaridan biri ekanligini aytgandi.