Germaniya va Vengriya Tashqi ishlar vazirlari uchrashuv paytida janjallashib ketdi
Olam
−
23 may 2023
17807Germaniya Tashqi ishlar vaziri vengriyalik mavqedoshi bilan uchrashuvda Ukrainaga yordam masalasi borasida bahslashib ketdi. Bu haqda "Politico" nashri xabar berdi.
Joriy yilning 22 may kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan Germaniya va Vengriya Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi chog‘ida munozarali Vengriya bankining Rossiya harbiy harakatlarida o‘ynagan roli yuzasidan janjallashgan.
Gap shundaki, OTP banki so‘nggi kunlarda rasmiylarning diqqat markaziga tushgan, chunki Kiyev bankni "urush homiylari" ro‘yxatiga kiritgan. Budapesht esa u ro‘yxatdan chiqarmaguncha, Ukrainaga Yevropa Ittifoqining harbiy yordamini ma’qullashdan bosh tortmoqda.
Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Budapeshtning pozitsiyasini yana bir bor takrorlagan. Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok esa OTP Rossiya tomonidan bosib olingan Lugansk va Donetsk hududlarini tan olishi va bu xalqaro qonunlarga zid ekani hamda rus askarlariga kredit liniyalari ajratgani haqidagi noaniq xabarlarga tayangan.
Vengriya ayblovlarni rad etib, bankning o‘zi ham bu hisobotlarni "noto‘g‘ri" deb atashini, bank rahbariyati Ukrainani ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Aytilishicha, bu mojaro Yevropa Ittifoqidagi boshqa davlatlarning Rossiyani jazolash va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun urush davridagi ko‘plab harakatlariga jiddiy zarba bergan Vengriyaga nisbatan kuchayib borayotgan umidsizlikni aks ettiradi.
LiveBarchasi