Germaniya va Turkiya o‘rtasida janjal chiqdi 

Olam

25568643_2016-06-01T144233Z_27687588_LR1EC6114UNXV_RTRMADP_3_GERMANY-TURKEY-ARMENIA

Anqaradagi hukumat tomonidan Germaniya sud tizimi tanqid qilingani munosabati Turkiya elchi Germaniya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi. Bu haqda bugun, 23 may kuni vazirlikning Twitter’dagi sahifasida e’lon qilingan bayonotda ma’lum qilindi.

“Bugun Turkiya elchisi chaqirilganda, unga Germaniya hukumati Turkiya hukumati tomonidan so‘z va matbuot erkinligi hamda Germaniyadagi sud tizimiga oid ayblovlarni qat’iyan rad etishi ma’lum qilindi”, deyiladi bayonotda.  

Gap shundaki, oldinroq, 17 mayda Turkiya TIV Germaniyaning Anqaradagi elchisi Yurgen Shulsni chaqirtirgan. Bunga sabab esa turk jurnalistlarining Frankfurt-na-Maynda “qo‘lga olinishi”  bo‘lgan. 

Germaniya Matbuot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, jurnalistlar hibsga olinmagan, biroq gumondorlarning xonadonlarida tintuv o‘tkazilgan. Texnik vositalar va “boshqa dalillar” musodara qilingan. Nemis tomonining bildirishicha, gumondorlar 2022 yil oxirida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning bir qator tanqidchilari yashash joyi haqida ma’lumot tarqatgan.

O‘z navbatida, Turkiya TIV Germaniya rasmiylarining qarorini jurnalistlarni guvohlik berishga oldindan taklif qilmasdan atayin qilingan harakat sifatida baholagan. Anqara Germaniyani matbuot erkinligi uchun kurasha turib, ikki tomonlama standartlarni namoyon qiluvchi davlat deb atagan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Turkiya Anqara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing