Germaniya Usmonovlarga tegishli “Dilbar” yaxtasini musodara qildi
Olam
−
14 aprel 2022
15053Germaniyaning Gamburg shahri hukumati Yevropa sanksiyalari ostida qolgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilovaga tegishli bo‘lgan Dilbar yaxtasini musodara qildi. Bu haqda “Bloomberg” xabar bermoqda.
Germaniya Federal jinoyat politsiyasi boshqarmasi kecha, 13 aprel kuni Gamburg portida bo‘lib turgan Dilbar yaxtasining asl egasi Gulbahor Ismoilova ekanligini ma’lum qilgan. Shu vaqtgacha kema Alisher Usmonovga tegishli ekani aytib kelinardi, ammo uning qonuniy xo‘jayini kimligi aytilmasdi.
“Gamburg hukumati rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning Dilbar superyaxtasi G‘arb sanksiyalari ostida bo‘lgan singlisiga tegishli ekanligini aniqlab, musodara qildi”, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya kecha, 13 aprel kuni Rossiya Federatsiyasidan yana 206 nafar jismoniy va yuridik shaxsni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgandi. Yangilangan ro‘yxatda milliarder Alisher Usmonovning opa-singillari Saodat Narziyeva va Gulbahor Ismoilova ham bor edi.
O‘tgan oyda Germaniya rasmiylari Alisher Usmonovning 156 metrlik
Dilbar yaxtasini musodara qilgani haqida aytilgandi. Ammo ma’lumot keyinroq inkor etildi.