Germaniya Ukrainaga jangovar mashinalar yuborilishini tasdiqladi

Olam

image

Germaniya joriy yilning bahor mavsumi o‘rtalariga qadar Ukraina Qurolli Kuchlariga 40 ta Marder piyoda qo‘shinlarining jangovar mashinasini yuboradi. Bu haqda "RIA Novosti" xabar berdi.

Qayd etilishicha, Germaniya hukumatining zirhli texnika jo‘natish borasidagi rejalarini Germaniya mudofaa vaziri Kristina Lambrext tasdiqlagan.

“Biz Ukrainaga 2023 yilning birinchi choragida 40 ta Marder'ni yetkazib beramiz. Xususan, va’da berganimizdek, o‘quv mashg‘ulotlarini ham tashkil qilamiz”, deydi vazir.

Ma’lum qilinishicha, oldinroq ham Germaniya hukumati matbuot kotibi Shteffen Xebeshtrayt 2023 yilning birinchi choragida Germaniya Ukrainaga 40 ga yaqin Marder tanki va Patriot zenit-raketa komplekslarining akkumulyatorlarini topshirishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Germaniya Ukraina Marder

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing