Germaniya Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi loyihani rad etdi
Olam
−
12 iyul 2023
11373Germaniya Polshada Ukraina urushida shikastlangan Leopard tanklarini ta’mirlash qo‘shma markazini tashkil etishda ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu haqda Germaniyaning “Handelsblatt” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Germaniya va Polsha ushbu loyiha ustida kelisha olmagan. Aniqrog‘i, Germaniya unda ishtirok etishni xohlamagan.
"Yaqin kunlarda rasman e’lon qilinadigan qarorning sababi, Germaniya nuqtai nazaridan, Polsha tomonining narxlar bo‘yicha mutlaqo oshirib yuborilgan umidlaridir", deyiladi Germaniya tomoni bergan bayonotda.
Ma’lumot uchun, Polshada Ukrainada ishdan chiqqan Leopard tanklarini ta’mirlovchi markazni ishga tushirishni Germaniyaning o‘zi joriy yilning 21 aprelida taklif qilgandi. Buning uchun sarflanadigan xarajatlar Germaniya hukumati tomonidan qoplanishi ko‘zda tutilgandi. Biroq jarayonni Varshavaning o‘zi sekinlashtirgani aytilmoqda. Gap shundaki, Polshaning PGZ kompaniyasi asbob-uskunalarni birlamchi tekshirish uchun Germaniyadan 100 ming undirmoqchi bo‘lgan. Germaniyada esa bu xizmat 12 ming yevro turishi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uy Ukrainaga ATACMS raketalarini yetkazib berishga ikkilanayotgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi