Oq uy Ukrainaga ATACMS raketalarini yetkazib berishga ikkilanyapdi – NYT
Olam
−
12 iyul 2023
5142AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati rasmiylari Ukrainaga ATACMS taktik ballistik raketalarini yetkazib berish-bermaslik masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda kecha, 11 iyul kuni manbalariga tayanib “The New York Times” xabar berdi.
Nashrning AQSH va Yevropadagi suhbatdoshlariga ko‘ra, Bayden ma’muriyatida Kiyevga ATACMS yetkazib berish bo‘yicha munozaralar davom etmoqda. AQSH mudofaasi rasmiylari ATACMS arsenali nisbatan kichik ekani, raketalar esa Pentagonning boshqa rejalari uchun mo‘ljallanganini aytmoqda.
Lockheed Martin kompaniyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, 1980 yillardan beri 4000 ga yaqin ATACMS ishlab chiqarilgan. Ularning Ukrainaga o‘tkazilishi AQSH Qurolli kuchlarining boshqa qaynoq nuqtalardagi tayyorgarligini xavf ostiga qo‘yishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Ukraina qo‘shinlariga qarshi hujum uchun raketalar yetishmayotganini tan olgan bo‘lsa-da, Kiyevga raketalarni topshirishda ikkilanyapti.
Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniya va Fransiya rasmiylari ham Ukrainaga uzoq masofali raketalar yetkazib berilishini e’lon qilgan. ATACMS esa taxminan 300 kilometrdan ko‘proq uzoqlikkacha ucha oladi. Bu London va Parij tomonidan yetkazib berilgan raketalardan 64 km ko‘proq masofadagi nishonga zarba berishni anglatadi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr