Germaniya Ukrainaga harbiy yordamni 15 milliard yevrogacha oshirmoqchi
Olam
−
28 mart 2023
4279Germaniya yaqin yillarda Ukrainaga harbiy yordam uchun sarflanadigan xarajatlarni hozirgi uchlikdan 15 milliard yevrogacha oshirishni rejalashtiryapti. Bu haqda “Der Spiegel” jurnali xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Germaniya Moliya vazirligi davlat kotibi o‘rinbosari Florian Tonkar Bundestag Byudjet qo‘mitasidan Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun mablag‘ ajratiladigan byudjetni oshirishni so‘ragan.
Unga ko‘ra, 2023 yilda moliyaviy yordam miqdori Germaniya tomonidan o‘tgan yili ajratilgan 2,2 milliard yevro o‘rniga 5,4 milliard yevrodan oshadi.
Shuningdek, xabarda Florian Tonkarning Bundestag qo‘mitasiga yuborgan maxfiy xatidan iqtibos keltirilgan.
“Ukraina qurolli kuchlarining katta moddiy yo‘qotishlari tufayli yangi materiallar ta’minoti zarur”, deydi Tonkar.
Bundan tashqari, Berlin yaqin yillarda Ukraina oldidagi “majburiyatlarni bajarish” uchun yana 8,8 milliard yevro ajratishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya hukumati Kiyevga topshirishga qaror qilgan Leopard 2 tanklari Ukrainaga etib kelgani haqida ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi