Germaniya sudi Usmonovning advokatlari idorasida tintuv o‘tkazishni noqonuniy deb topdi
Olam
−
05 Sentabr 2023
3990Frankfurt-Mayn viloyat sudi Germaniyada rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovni himoya qiluvchi Myunxen advokatlik idorasida o‘tkazilgan tintuvni noqonuniy deb topdi. Bu haqda sud qaroriga tayanib, “Die Zeit” gazetasi xabar berdi.
Sud qaroriga ko‘ra, tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asoslar mavjud bo‘lmaganda qabul qilingan.
2022 yil kuzida Frankfurt-Mayn prokuraturasi jinoiy ish qo‘zg‘atgan, so‘ngra fevral oyida Usmonov manfaatlarini himoya qilgan Myunxendagi advokatlik ofisida tintuv o‘tkazgandi.
Gap shundaki, ular tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda gumon qilingan. Tergovchilarning fikricha, advokatlar olgan 100 ming yevro avans to‘lovi Usmonov tomonidan Yevropadagi shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatilishi mumkin, bu esa unga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalarni buzadi.
Shu yilning may oyida Frankfurt-Mayn viloyat sudi shahar prokuraturasi ruxsati bilan Usmonovning ko‘chmas mulkida o‘tkazilgan tintuvlarni noqonuniy deb topgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov Germaniya Federal Konstitutsiyaviy sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilgandi. Milliarder Bremen portidagi “Dilbar” yaxtasida o‘tkazilgan tintuvlar uning mulk daxlsizligiga bo‘lgan huquqining buzilishi ekanini da’vo qilmoqda.
LiveBarchasi