Germaniya Prezidenti Merkeldan lavozimida qolishni so‘radi
Olam
−
26 Oktabr 2021
7858Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Angela Merkeldan uning o‘rniga boshqa odam tayinlangunga qadar kansler vazifasini bajarishni davom ettirishni so‘radi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmatiga tayanib xabar berilgan.
“So‘rov Asosiy qonunning 69-moddasi 3-bandiga muvofiq bugun 20-chaqiriq Bundestagning ta’sis majlisining ochilishi bilan bog‘liq”, deyilgan xabarda.
Joriy yilning oktyabr oyi boshida uch partiya — Sotsial-demokratik partiya, “Yashillar” va Germaniya Erkin demokratik partiyasi koalitsiya bo‘yicha muzokaralarni boshlagan edi. Ta’kidlanishicha, kansler joriy yil 6-12 dekabr kunlari saylanishi kutilmoqda.
Bundestagga saylovlar 26 sentyabr kuni bo‘lib o‘tdi, unda Germaniya Erkin demokratik partiyasi birinchi o‘rinni egalladi. Germaniyada hukumatning shakllanishi odatda bir necha oygacha davom etadi, Sotsial-demokratlardan kanslerlikka nomzod Olaf Sholsga ko‘ra, Germaniya 25 dekabrgacha yangi hukumatga ega bo‘ladi.
Avvalroq, hokimiyatdan ketayotgan Merkel o‘zi uchun yangi davr boshlanayotganini aytgandi.
LiveBarchasi