Germaniya poytaxtida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun eng ko‘p qo‘yilgan ism – Muhammad

Olam

image
Ilon Mask o‘g‘liga g‘alati ism qo‘yishi taqiqlandi north_east

Ilon Mask o‘g‘liga g‘alati ism qo‘yishi taqiqlandi

Germaniya poytaxti Berlin shahrida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun eng ko‘p qo‘yilgan ism bu Muhammad hisoblanadi. Bu haqda germania.one nashri xabar beradi.

Ta’kidlanishicha, Germaniyada 2019 yilda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun eng mashhur ismlar Xanna va Nuh bo‘lgan. Qizlar orasida ikkinchi eng mashhur ism Emma, uchinchi Mia edi. O‘g‘il bolalar orasida ikkinchi o‘rinni Ben, uchinchi o‘rinni esa Pol egalladi.

Shuningdek, qizlar uchun mashhur 10 ta nomlar orasida Emiliya, Lina va Mila ham bor. O‘g‘il bolalar ko‘pincha Lui, Feliks va Finn deb nomlandi.

Poytaxt Berlinda Xanna qizlar uchun eng mashhur ismga aylandi. Yangi tug‘ilgan o‘g‘il bolalar orasida eng mashhur ism Muhammad bo‘ldi.

Shahardagi ayollar ismi reytingida ikkinchi o‘rinda Emiliya, uchinchi o‘rinda Emma turibdi. Erkaklar nomlari reytingida Nuh ikkinchi, Lui uchinchi o‘rinni egalladi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Berlin Ism Muhammad

Baholaganlar

328

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing