Ilon Mask o‘g‘liga g‘alati ism qo‘yishi taqiqlandi

Olam

image

Tesla va SpaceX rahbari Ilon Mask va qo‘shiqchi Grimes yangi tug‘ilgan farzandiga X Æ A-12 ismini qo‘ymoqchi edi. Lekin, shtat rasmiylari bunday g‘alati ism qo‘yishni Maskka taqiqladi.

Kaliforniya shtati advokati Devid Glassning ta’kidlashicha, yangi tug‘ilgan chaqaloqqa shtat qonunlariga ko‘ra bunday ism qo‘yish noqonuniy emas. Ammo rasmiylar ushbu turdagi nomlarni qabul qilmaydi. Advokatning fikricha, kelajakda ham ushbu nom ko‘p narsada muammo bo‘ladi.

“Kaliforniyada siz bola nomiga 26 ta ingliz harflaridan foydalanishingiz mumkin“, deydi Glass.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, yagona istisno — bu apostrof, vergul shaklida yozuv bo‘lishi mumkin, qolgan belgilar tizimga kiritilishi mumkin emas. Agar ota-onalar tug‘ilish to‘g‘risidagi guvohnomada X Æ A-12 belgisini ko‘rsatsalar, ular hujjatni qabul qilishdan bosh tortadilar va arizani qaytadan to‘ldirishni so‘rashadi.

Avvalroq Twitter foydalanuvchilari Mask va Grimes o‘z bolalariga bergan g‘ayrioddiy ismni muhokama qilishgan. Tarmoq, er-xotin bolasining hayoti tengdoshlarining hayotidan qanday farq qilishini hazil qila boshladi, shuningdek uni robot bilan taqqoslashdi.

Mask va Grimes may oyining boshlarida ota-ona bo‘lishdi. Bu ularning oltinchi farzandi. Xonanda avvalroq o‘g‘lining ismining ma’nosini tushuntirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, nomdagi X noma’lum o‘zgaruvchidir, Æ — AI (sun’iy ong yoki sevgi)ning qisqartmasi so‘zining yozma talqini, A-12 esa Amerikaning razvedka samolyoti.

 

Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask

Baholaganlar

621

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing