Germaniya, Kanada, Koreya, Yaponiyadan o‘zbekistonlik ishchilarga buyurtma bor – Mirziyoyev 

Jamiyat

image

Germaniya, Kanada, Koreya, Yaponiyadan o‘zbekistonlik ishchilarga buyurtma bor, nomzodlar uchun asosiy talab esa til bilish. Bu haqda bugun, 16 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Xonobod shahrida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan o‘tkazayotgan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Prezident yuqoridagi davlatlarda ishchilar uchun talab bo‘lsa-da, Andijonda chet tilini yaxshi biladigan yoshlar soni 1,5 mingga ham yetmasligini aytdi.

Shu munosabat bilan xorijdagi ish beruvchilar talabi asosida 5 ming yoshlarni davlat va xususiy markazlarda kasb va tilga o‘qitish, 1 ming nafar o‘rta tibbiyot xodimini Germaniyaga maqsadli tayyorlash muhimligi qayd etildi.

Iqtisodiyot va moliya, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklariga chet tili sertifikati olgan yoshlarga o‘qish xarajatini 50 foizgacha qoplashni yo‘lga qo‘yish, nemis va fransuz tili bo‘yicha B2 sertifikatini olgan har bir o‘quvchi uchun xususiy o‘quv markazlarini subsidiyalash tartibini joriy etish topshirildi.

Raqamlashtirish vazirligiga viloyat IT eksportini 50 million dollarga yetkazib, kamida 1 ming nafar dasturchiga xalqaro bozorga chiqishga ko‘maklashish vazifasi qo‘yildi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Andijon Xonobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing