Germaniya Falastindagi gumanitar loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatdi

Olam

image

Germaniya HAMASning Isroilga hujumi munosabati bilan Falastin hududlaridagi gumanitar loyihalar uchun avval tasdiqlangan mablag‘larni ajratishni to‘xtatdi. Bu haqda Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish vazirligi ma’lum qildi.

"Yordam vaqtincha to‘xtatildi", degan u jurnalistlarning savollariga javob berar ekan. 

Uning aytishicha, Iqtisodiy rivojlanish vazirligi 2023-2024 yillar uchun 125 million yevroga yaqin mablag‘ni tasdiqlagan, bu mablag‘ Falastin hududlarida gumanitar loyihalarni amalga oshirish uchun ishlatilishi kerak edi. 

Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, endi Germaniya hukumati ushbu mablag‘larni ajratish qanchalik maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqmoqchi.

Germaniyaning Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish vaziri Svenya Shulse tekshiruv vaqtida federal hukumat birinchi navbatda Isroil bilan gumanitar loyihalar “mintaqadagi tinchlik va Isroil xavfsizligiga qanday xizmat qilishi”ni muhokama qilmoqchi ekanini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e’lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi.

Shundan so‘ng, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki to‘laqonli urush ekanini aytdi.  G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil hujumlarida 436 kishi, jumladan 91 bola halok bo‘lgan va 2270 dan ortiq kishi jarohatlangan. Bundan tashqari, 7 oktyabrdan beri bosib olingan G‘arbiy Sohilda 15 nafar falastinlik Isroil o‘qlaridan halok bo‘ldi. Shuningdek, Isroil matbuoti 700 kishi halok bo‘lgani va 2300 dan ortiq isroillik jarohat olgani haqida xabar bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Isroil HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing