Germaniya chet elliklar uchun fuqarolik olishni osonlashtirmoqchi

Olam

image

Germaniya qonunchilari yaqin oylarda xorijliklarga mamlakat fuqaroligini olishni osonlashtiradigan qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakatda qisqarib borayotgan ishchi kuchini oshirish maqsadida immigratsiya siyosatiga shunday o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

Qonun loyihasi migrantlarning Germaniyada 5 yil yashaganidan so‘ng fuqarolik olish uchun ariza topshirishini nazarda tutadi. Hozirda bu muddat 8 yilni tashkil etadi.

Shuningdek, mahalliy muhitga integratsiya qilish uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshirgan, masalan, nemis tilini o‘zlashtirgan chet elliklarga uch yildan keyin xuddi shunday ariza topshirish imkoni berilishi mumkin. Bundan tashqari, qonun loyihasi Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan mamlakatlar fuqarolariga qo‘yilgan qo‘sh fuqarolik taqiqini ham bekor qiladi. Ushbu qonun qabul qilinsa, ular Germaniya fuqaroligini olish uchun ariza topshirayotganda o‘z mamlakati fuqaroligidan voz kechishi shart bo‘lmaydi.

Bundan tashqari, hozirda Germaniyada ball tizimiga asoslangan va malakali ishchilarning mamlakatga kirishini osonlashtirishga mo‘ljallangan immigratsiya islohoti ham ko‘rib chiqilmoqda. Bunda nomzodlar Germaniyada tan olingan kasbiy malakaga ega ekanligini isbotlashi shart bo‘lmaydi. Ulardan tegishli tajriba va va’da qilingan ish haqida ma’lumot talab qilinadi, xolos.

Ma’lumot uchun, Germaniyada 10 millionga yaqin odam (umumiy aholining taxminan 12 foizi) mamlakat pasportisiz yashaydi. Bu esa ularning saylovlarda ovoz berishi yoki muayyan lavozimlarni egallashiga ta’sir qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya fuqarolik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing