Germaniya chegaralarini mustahkamlayapti. Bunga sabab nima? 

Olam

image

Germaniya Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi migratsion inqiroz sharoitida chegara nazoratini kuchaytirganini e’lon qildi. Bir vaqtning o‘zida Berlin tartibni saqlashga yordam berish uchun politsiya xodimlarini Polsha-Belarus chegarasiga yubordi.  

Varshava joriy yil oktyabr oyining boshidan beri o‘z hududiga minglab noqonuniy kirishga urinishlar bo‘lgani haqida xabar bergan. Chegarachilar Polsha ommaviy axborot vositalariga bergan intervyularida chegarani turli yo‘llar bilan kesib o‘tishga urinayotgan ko‘plab muhojirlarni ko‘rayotganini aytgan. Bu oqimni ushlab turish uchun patrul va kuzatuv punktlari soni oshirilgan. 

Polshalik huquq himoyachilari Belarus-Polsha chegarasidagi muhojirlarning og‘ir ahvoli haqida xabar bermoqda. Chodir lagerlaridagi odamlarning kasalligi, ularga oziq-ovqat va toza suv yetishmayotgani aytilmoqda. 

Minsk va Varshava noqonuniy muhojirlar taqdiri uchun bir-birini mas’ul qilmoqda. Polsha Aleksandr Lukashenko hukumatini migrantlarni chegaraga yetkazib berishni tashkil qilishda va inqiroz qo‘zg‘atishda ayblamoqda. 

Belarus tomoni esa Yevropa chegarachilarining Yevropa Ittifoqida qochqin maqomini olishni istagan odamlarga g‘ayriinsoniy munosabati haqida e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya chegara

Baholaganlar

309

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing