Germaniya Belarus muxolifatchilariga boshpana beradi 

Olam

image

Germaniya Belarusning 50 nafar muxolifatchisiga boshpana beradi. Bu haqda "Sueddeutsche Zeitung" xabar bergan. 

Gazetaning yozishicha, gap muxolifatchilar va ularning oilalariga boshpana berish haqida ketmoqda. 

Manbada muxolifatchilarning ismlari keltirilmagan. 

Ma’lumot o‘rnida, Belarus prezidentligiga sobiq nomzodlar va muxolifat yetakchilari Svetlana Tixanovskaya va Valeriy Sepkalo mamlakatni tark etgan.

2020 yil avgust oyida Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida amaldagi Prezident Aleksandr Lukashenko 4,66 mln (80,1 foiz) ovoz bilan g‘alaba qozondi. Tixanovskaya esa 588 622 ming (10,1 foiz) ovoz bilan ikkinchi o‘rinni egallagandi. Uning tarafdorlari saylov hisob-kitoblari natijalarini tan olmadi va bir necha oy davomida namoyishlar uyushtirdi.

Tixanovskayaning o‘zi saylov natijalari e’lon qilingandan so‘ng Belarusni tark etgan. 

Prezidentlikka yana bir sobiq nomzod Valeriy Sepkaloga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, hozirda u qidiruvda.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Belarus'

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing