Rashid Qodirov ishini yuritgan prokuror pora bilan hibsga olindi...mi?
Jamiyat
−
15 mart 2019
28292Ijtimoiy tarmoqlar va xorijiy ommaviy axborot vositalarida Namangan viloyatining sobiq prokurori Ulug‘bek Toshev korrupsiyada ayblanib, hibsga olingani haqida xabarlar tarqaldi.
“Toshev 50 ming AQSH dollari miqdorida pora berayotganda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Unga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish tanlandi. Toshevning pora berishga urinishi videotasvirga ham olingan”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Ulug‘bek Toshev 2017 yilda bir qancha muddat sobiq Bosh prokuror Rashid Qodirov ishi bo‘yicha tergov olib borgan guruhga rahbarlik qilgani ta’kidlangan. U tergovni olib borgan vaqtda muvaffaqiyatga erishgani uchun Namangan prokurori etib tayinlangani aytilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi iddao qilinayotgan holat bo‘yicha ularda ma’lumot mavjud emasligini bildirdi.
O‘zA holatga oydinlik kiritish uchun DXX Matbuot xizmati bilan bog‘lanishga uringan, biroq natija bo‘lmagan.
Ulug‘bek Toshev joriy yilning 4 mart kuni Namangan viloyati prokurori lavozimidan olingandi. Toshevning ishdan bo‘shatilishiga qonuniylik, huquqbuzarliklar erta profilaktikasini ta’minlash, kadrlar tarbiyasida yo‘l qo‘ygan kamchiliklar sabab bo‘lgani aytilgandi.
LiveBarchasi