Geografiya va tarix fanlaridan kirish imtihonlari uslubi o‘zgaradi

Jamiyat

image

Joriy yilda kirish imtihonlarida tarix fanidan olinadigan test  sinovlarida atlas va kontur kartalardan foydalaniladi. Bu haqda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sevara Zufarxo‘jayeva ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tarix fani doirasida atlas hamda yozuvsiz kartalardan foydalanish joriy o‘quv dasturlari, darslik va standartlarda belgilangan bo‘lib, bu abituriyentlar uchun yangilik emas. 

Abituriyentlarni jarayonga oldindan yo‘naltirish uchun mazkur tizim joriy yildan amalga kiritiladi. Bu abituriyentlarda mazkur fan yuzasidan kengroq tasavvurga ega bo‘lish mohiyatni chuqurroq anglash ko‘nikmasini shakllantiradi.Tarix fanidan bu kabi yangicha yondashuv jahon amaliyotida ham keng qo‘llanib kelinmoqda.  

Kirish imtihonlarida tarix fanidan amaliy topshiriqlar, ya’ni atlas hamda kontur kartalar orqali sinov jarayonini tashkil etish g‘oyasi ilgari ham mavjud bo‘lib, texnik imkoniyatlarning yetarli bo‘lmagani bois hozirgacha amaliyotga tatbiq qilinmaganligi ta’kidlandi.

Sevara Zufarxo‘jayevaning ma’lumotiga ko‘ra, ushbu yilda tarix fanidan qo‘llaniladigan topshiriqlar namunasi tayyor holatga keltirilgan. Bu topshiriqlarning barchasi o‘quv dasturidan chetga chiqilmagan, berilgan mavzular doirasida tayyorlangan bo‘lib, keyingi hafta Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

      


Maqola muallifi

Teglar

Davlat test markazi Sevara Zufarxo'jaeva

Baholaganlar

295

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing