General Motors kelajak avtomobilini namoyish qildi
Texnologiya
−
14 yanvar 2021
12146General Motors Co kompaniyasi uchuvchi Cadillac avtomobilini namoyish qildi.
U o‘zini o‘zi boshqarib, yo‘lovchilarni shahar ko‘chalari osmonida olib yuradi.
GM kompaniyasining Bosh ijrochi direktori avtomobilni "kelajakda shaxsiy transport konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqish", deb ta’riflagan.
Qayd etilishicha, bir o‘rindiqli Cadillac texnik jihatdan vertikal parvoz va qo‘nish uchun mo‘ljallangan. U soatiga 88,5 kmgacha tezlikda harakatlanishi mumkin.
Cadillac 90 kVt quvvatga ega dvigatel, GM Ultium akkumulyator batareyasi bilan jihozlangan.
Avtomobil salonida dam olishga mo‘ljallangan kresloga o‘xshash o‘rindiq mavjud, shuningdek, u biometrik datchiklar, ovozni boshqarish va qo‘l ishoralarini aniqlash xususiyatlariga ega.
Shuningdek, Toyota Motor, Hyundai Motor va Geely Automobil kabi boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ham kelajakdagi rejalari doirasida konseptual uchuvchi apparatlarni namoyish etishgan.
Ma’lumot o‘rnida, uchuvchi Cadillac avtomobilini namoyish etgan GM aksiyalari 5,8 foizga o‘sib, 47,62 dollarni tashkil qilgan.
LiveBarchasi