“Gazprom”ning yangi nishoni Buxoro-Ural gaz quvuri bo‘lishi mumkin

Olam

image

Hozirda Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi va Qozog‘iston Ostona shahrini gazlashtirish uchun yetkazib berish yo‘nalishi ustida ishlamoqda, kompaniya Qozog‘iston va O‘zbekistonga yetkazib berish hajmini oshirish uchun yangi yo‘nalishlar va Buxoro-Ural gaz quvurini ham ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumining yalpi majlisida “Gazprom” rahbari Aleksey Miller ma’lum qildi. 

“Biz bilamizki, uzoq chegarani hisobga olgan holda – Qozog‘istonning ko‘plab hududlari bevosita Rossiya Federatsiyasining hududlari bilan chegaradosh – va tabiiyki, Qozog‘istonning shimoliy,  shimoli-sharqiy viloyatlarini Rossiya hududidan gaz bilan ta’minlash va gazlashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish va buning uchun yangi gaz transporti yo‘nalishlarini, xususan, Ostona shahrini gazlashtirishni nazarda tutuvchi yo‘nalishni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Aytishim mumkinki, biz hozirda shunday yo‘nalish ustida birgalikda ishlayapmiz, texnik-iqtisodiy asoslash allaqachon amalga oshirilgan”, deydi Miller.

Uning qayd etishicha, forumda rejalashtirilgan uchrashuvlar, jumladan, ushbu yo‘nalishni muhokama qilishga bag‘ishlanadi. 

Gazprom rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston va O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ko‘paytirish uchun kompaniya yangi yo‘nalishlar va mavjud Buxoro-Ural gaz quvurini ham o‘rganmoqda.  

“Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvurini rekonstruksiya qilish doirasida kelgusi yillarda nimalar qilishimizni tahlil qilishdan tashqari, biz mavjud Buxoro – Ural gaz transport koridorini, shuningdek, paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi gaz transporti yo‘nalishlarini ham ko‘rib chiqmoqdamiz”, deydi Miller. 

Bundan tashqari, “Gazprom” O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston orqali uchinchi davlatlarga gaz tranzitini istisno qilmaydi.  

“Ha, bunday imkoniyat ham mavjud. Biz ushbu davlatlar taqdim eta oladigan tranzit imkoniyatlari haqida ham gaplashdik. Birinchi navbatda, albatta, bu mamlakatlarning, hamkorlarimiz, do‘stlarimizning ehtiyojlari. Ammo bunday imkoniyat ham bor”, deydi “Gazprom” rahbari, ehtimoliy gaz tranziti haqidagi savolga javob berib.

Eslatib o‘tamiz, Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumi doirasida Rossiyaning “Gazprom” ochiq aksiyadorlik jamiyati va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida energetika kompleksi sohasida hamkorlik bo‘yicha strategik memorandum imzolandi. Hujjatni “Gazprom” rahbari Aleksey Miller va O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov imzolagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Gazprom Aleksey Miller

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing