G‘azodagi urush Sinvarni yo‘q qilish bilan yakunlanmaydi – Netanyaxu

Olam

image

Isroil harbiylari tomonidan Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi rahbari Yahyo Sinvarning yo‘q qilinishi G‘azo sektorida “endi hukmronlik qilmaydigan” ushbu tashkilotning “oxirgi kunining boshlanishi”ni anglatadi. Bu haqda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroilning asosiy telekanallari orqali efirga uzatilgan telemurojaati chog‘ida aytib o‘tdi.

Isroil vazirlar mahkamasi rahbarining ta’kidlashicha, G‘azo sektoridagi harbiy amaliyot HAMAS rahbarini “o‘ldirilishi bilan tugamagan” va HAMAS tomonidan garovga olinganlar ozod etilmaguncha “to‘liq quvvatda” davom etadi.

"Bizga zarar yetkazadiganlar bilan nima sodir bo‘lishini yana bir bor ko‘rsatdik. Bugun men Yahyo Sinvar yo‘q qilinganini e’lon qilaman. Ammo urush bu bilan tugamadi. Yovuzlik dahshatli zarba oldi, ammo bizning vazifamiz hali tugallanmagan", dedi Netanyaxu.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Sinvarning yo‘q qilinishi "urushdagi muhim lahzadir". 

"Men G‘azo aholisiga aytmoqchimanki, uning tugatilishi G‘azo sektorida endi hukmronlik qilmaydigan HAMAS rejimining tugashi yo‘lidagi muhim bosqichdir", deb davom etdi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil kuchlari matbuot xizmati Sinvar isroillik harbiylarning 16 oktyabr kuni G‘azo sektori janubida o‘tkazgan operatsiyasi davomida yo‘q qilinganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Netan'yaxu G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing