G‘azodagi ommaviy qirg‘inning boshida AQSH turibdi – HAMAS
Olam
−
04 noyabr 2023
6272Falastinning HAMAS harakati G‘azoda amalga oshirilgan ommaviy qirg‘in uchun AQSH rasmiylari, jumladan, Prezident Jo Baydenni javobgar deb hisoblaydi. Bu haqda TASS xabar berdi.
"Biz AQSH ma’muriyati va Prezident Baydenni G‘azo sektoridagi qator qirg‘inlar uchun to‘liq javobgar deb hisoblaymiz. Agar Qo‘shma Shtatlar bosqinchilar (Isroil)ga genotsidga ruxsat bermaganida, falastinliklar vahshiylarcha o‘ldirilmasdi”, deya iqtibos keltirgan "Al Mayadeen" telekanali HAMAS vakilining so‘zlaridan iqtibos keltirib.
"Sionist bosqinchilari esa bundan quvvat olib murg‘ak bolalardan tortib, qariya va ayollargacha qirg‘in qilyapti", degan u.
Avvalroq, WAFA agentligi Isroil havo kuchlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligiga qarashli (UNRWA) G‘azo shimolidagi maktab binosiga raketa otgani haqida xabar bergandi.
Aytilishicha, as-Saftaviy hududidagi maktab minglab ko‘chirilganlar uchun boshpana vazifasini o‘tagan. Maktabga qilingan hujum oqibatida bino ichida o‘nlab odamlar halok bo‘lgan yoki og‘ir jarohat olgan.
LiveBarchasi