G‘azodagi aholini to‘liq evakuatsiya qilish rejada yo‘q – Blinken 

Olam

image
Turkiyada Blinkenni “diplomatik tarsaki” bilan kutib olishdi  north_east

Turkiyada Blinkenni “diplomatik tarsaki” bilan kutib olishdi 

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Anqaradagi muzokaralar chog‘ida G‘azo sektoridan aholini to‘liq evakuatsiya qilish rejalari yo‘qligini va harbiy harakatlarda qandaydir pauza qilish haqida gaplashish mumkinligini aytdi. Bu haqda 5-6 noyabr kunlari Davlat kotibining Turkiyadagi uchrashuvlari yakunlari haqida yozgan “Hürriyet” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Blinken bilan muzokaralar chog‘ida Anqara Isroil va G‘azo o‘rtasida tezroq o‘t ochishni to‘xtatishni kutayotganiga ishora qilib, Qo‘shma Shtatlar tutgan pozitsiyasi tufayli o‘zining xalqaro obro‘siga putur yetkazayotganiga e’tibor qaratgan.

Blinken va uning delegatsiyasi esa Anqarada tinch aholi o‘limini oldini olish hamda falastinliklarga insonparvarlik yordamini ko‘paytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirishini aytgan.

“Amerika tomoni Turkiyani G‘azo aholisini to‘liq evakuatsiya qilish rejasi yo‘qligiga ishontirdi va "hamma o‘z joyida qolishini" ta’kidladi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Blinken va Fidan o‘rtasidagi muzokaralar 6 noyabr kuni Anqarada bo‘lib o‘tgan va taxminan ikki yarim soat davom etgan. Turkiya Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan protokol suratida Blinkenning yonidagi ramkada joylashgan Al-Aqso masjidi, yarim oy va yulduz tasvirlangan metall haykalcha ko‘rsatilgan.

Turk OAVlari bu Vashington tomonidan Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlari qo‘llab-quvvatlanayotganiga qarshi norozilik ekaniga ishonch bildirmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 4 noyabr kuni Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy amaliyoti sababli o‘z elchisini maslahatlashuvlar uchun chaqirib olganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkiya G'azo Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing