G‘azoda yig‘ilgan axlatlarni tozalash uchun qancha vaqt ketishi aniqlandi
Olam
−
09 fevral
6280G‘azo sektoridagi shahar va aholi punktlari ko‘chalarida kamida 12 million tonna chiqindi to‘planib qolgan. Bu BMT Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining bugungi hisobotida keltirildi.
Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, yig‘ilib qolgan chiqindilarni tozalash to‘rt yildan ko‘proq vaqtni olishi mumkin.
"G‘azo sektoridagi vayron bo‘lgan uylar chiqindilari va qoldiqlari miqdori 12 million tonnadan oshadi. Amaldagi ma’muriyatning imkoniyatlaridan kelib chiqib, ularni tozalash uchun to‘rt yildan ko‘proq vaqt talab qilinadi", deyiladi hujjatda.
Hisobotda qayd etilishicha, 650 mingdan ortiq odam uy-joyidan ayrilgan va qaytish uchun hech qanday manzil-makonlari qolmagan. Shu bilan birga, ko‘plab falastinliklar boshpana va asosiy nooziq-ovqat mahsulotlariga muhtoj hamda odamlar antisanitariya sharoitida qolishga majbur.
Boshqarmaning ta’kidlashicha, jabrlanganlar o‘zlarini yomon ob-havodan himoya qilish uchun chodirlar, yog‘och qismlar va kanvas choyshablarga muhtoj.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘azodagi 4 oylik urush davomida deyarli 100 ming kishi halok bo‘lgani va 17 ming bola ota-onasiz qolgani ochiqlangan edi.
LiveBarchasi