Oxirgi 4 oyda G‘azoda qancha falastinlik qurbon bo‘lgani ochiqlandi

Olam

image

2023 yilning 7 oktyabridan beri Isroilning bombardimonlari ostida bo‘lgan G‘azo sektorida 100 mingga yaqin odam halok bo‘lgan, yaralangan yoki bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) rahbari Filipp Lazzarini ma’lum qildi.  

Lazzarini X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida bergan bayonotida G‘azo aholisining 80 foizdan ortig‘i uylarini tark etishga majbur bo‘lganini aytdi.  

G‘azodagi 17 ming bolaning himoyasiz yoki oilasidan ajralganiga e’tibor qaratgan BMT rasmiysi shunday degan: 

“G‘azodagi 4 oylik urush davomida deyarli 100 ming kishi halok bo‘ldi, yaralandi yoki bedarak yo‘qoldi. Bu aholining taxminan 5 foiziga to‘g‘ri keladi. Sizning shahringiz yoki mamlakatingizda bu nimani anglatishini osongina tushunishingiz mumkin”. 

BMT rasmiysi o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiriqni takrorlagan. 

“Urush davom etmoqda, ammo unda g‘olib bo‘lmaydi. Faqat og‘riq, azob va qayg‘u qoladi. O‘t ochishni to‘xtatish vaqti keldi. G‘azo, Isroil, mintaqadagi va undan tashqaridagi boshqa mamlakatlardagi odamlarning manfaati uchun boshqa yo‘l kerak”, deydi u. 

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga ko‘ra, 7 oktyabrdan beri Isroil hujumlari natijasida 27 478 kishi, asosan ayollar va bolalar halok bo‘ldi, 66 835 nafar falastinlik yaralandi.


Maqola muallifi

Teglar

G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing