G‘azoda Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligining 29 xodimi halok bo‘ldi
Olam
−
23 Oktabr 2023
3769Joriy yilning 7 oktyabridan beri G‘azo sektorida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligining (UNRWA) 29 xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda agentlik saytida ma’lum qilindi.
“Biz hayratdamiz va motamdamiz. Hozir 7 oktyabrdan beri G‘azodagi 29 nafar hamkasbimiz o‘ldirilgani tasdiqlandi”, deyiladi agentlik xabarida.
Ularning yarmiga yaqini Falastin maktablarida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.
BMTning ushbu agentligi xodimlarining o‘limi haqidagi xabarlar HAMAS va Isroil o‘rtasidagi harbiy mojaro boshlanganidan so‘ng darhol paydo bo‘lgandi.
Agentlik 11 oktyabr kuni 11 nafar xodimi: besh nafar o‘qituvchi, bir ginekolog, bir muhandis, bir psixolog va uch nafar yordamchi xodim halok bo‘lgani haqida xabar bergandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil va HAMAS o‘rtasidagi keskinlashib borayotgan mojaro 22 jurnalistning o‘limiga sabab bo‘lgani haqida xabar bergandik. Shuningdek, G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi 7 oktyabrdan beri hudud aholisi orasida qurbonlar bo‘yicha yangi ma’lumotlarni e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, 4651 kishi, jumladan 1873 nafar bola, 1101 nafar ayol halok bo‘lgan.
LiveBarchasi