G‘azoda bir sutka ichida 200 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Olam

image

Isroilning o‘qqa tutilishi oqibatida G‘azoda bir sutka ichida 200 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda anklav hukumati matbuot xizmati rahbari Ismoil as-Savabta “Al Jazeera” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

“Isroil samolyotlari hozirda ham ogohlantirmasdan tinch aholi uylariga zarba berishda davom etmoqda. Gap bir sutka ichida 200 dan ortiq o‘lim holati qayd etilgani haqida ketmoqda”, degan Ismoil as-Savabta.

Shuningdek, u HAMAS va Isroil o‘rtasida G‘azo sektorida gumanitar sulh tuzish bo‘yicha kelishuvni izohlar ekan, undagi asosiy qism – “Isroil falastinlik tinch aholini o‘ldirishni to‘xtatadi” bandini eslatma qilgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, anklav aholisi ko‘proq insonparvarlik yordamiga, jumladan, suv va oziq-ovqatga muhtoj.

Falastin hukumatining G‘azodagi matbuot bo‘limi xabar berishicha, Isroilning blokadadagi G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 828 ga yetgan. Shuningdek, raketa hujumlari oqibatida 205 tibbiyot xodimi, 22 fuqaro mudofaasi xodimi va 62 jurnalist halok bo‘lgan.

Bundan tashqari, G‘azo sektorining 33 mingdan ortiq aholisi jarohatlangan, ularning 75 foizi bolalar va ayollar hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil Bosh vaziri idorasi HAMAS bilan sulhga erishilganini ma’lum qilgan, HAMAS ham buni tasdiqlagandi. Biroq keyinroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu vaqtinchalik sulhga erishilgan bo‘lsa-da, HAMASga qarshi urushni davom ettirishini aytdi


Maqola muallifi

Teglar

Isroil halok bo'ldi G'azo HAMAS tinch aholi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made