G‘azoda 17 ming bola ota-onasiz qoldi – UNICEF

Olam

image

G‘azo sektorida 17 mingga yaqin bola boquvchisiz yoki oilasidan ajralgan holda qolmoqda. Bu haqda UNICEF'ning Falastin bilan aloqalar bo‘yicha direktori Jonatan Kriks 2 fevral kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda aytib o‘tdi

Uning ta’kidlashicha, har bir bolaning yurakni tilka pora qiluvchi hikoyasi bor.

Kriks o‘tgan hafta G‘azo sektoriga qilgan tashrifini eslab, oilalar oziq-ovqat, suv yoki boshpana yetishmasligi tufayli og‘ir ahvolda qolganini ta’kidladi.

“Oilalar va bolalar asosiy ehtiyojlarni qondirishda qiynalmoqda”, degan u.

Direktorning so‘zlariga ko‘ra, G‘azodagi voqealar bolalarning ruhiy salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.

“Dekabr oyida biz anklavdagi 500 ming bola psixologik yordamga muhtojligini aytgandik. Hozir anklavdagi barcha bolalar kuchli travmalarni boshdan kechirmoqda. Bu holat bolalarda har safar bomba ovozini eshitganlarida haddan tashqari tashvish, ishtaha yo‘qolishi, uxlay olmaslik, emotsional zo‘riqish yoki vahima kabi alomatlarni boshdan kechirishiga sabab bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 yanvar holatiga ko‘ra, Isroilning G‘azoga uyushtirgan hujumlarida, 9 ming 730 bola va 6 ming 830 ayol hayotdan ko‘z yumgan.


Maqola muallifi

Teglar

bolalar UNICEF G'azo ota-ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing