G‘azoda Isroil tomonidan o‘ldirilgan ayollar va bolalar soni aytildi

Olam

image

G‘azo hukumati matbuot xizmati tomonidan berilgan bayonotda, Isroilning G‘azoga uyushtirgan hujumlarida, 90 kun davomida 9 ming 730 bola va 6 ming 830 ayol hayotdan ko‘z yumgani bildirildi.

G‘azoda 70 foizi ayollar va bolalar bo‘lgan 7000 kishi vayronalar ostida yoki bedarak yo‘qolgan, shifoxonaga yetib borgan jasadlar soni esa 22 ming 438 nafarni tashkil qilmoqda. Undan 57 ming 614 kishi jarohatlangan.

Isroil armiyasi hozirgacha G‘azoda 326 tibbiyot xodimini o‘ldirgan.

7 oktyabrdan beri Isroil tomonidan G‘azoga uyushtirilgan hujumlarda 106 jurnalist hayotdan ko‘z yumgan.

Shuningdek, 2,3 million aholiga ega G‘azo sektorida 99 nafar sog‘liqni saqlash xodimi va 10 nafar jurnalist qo‘lga olingani, 1,9 million kishi esa uy-joyini tark etgani aytilmoqda.

Ko‘chirilgan falastinliklar boshpana topgan gavjum turarjoy markazlaridagi sharoitlar juda yomon. Shu boisdan ichki ko‘chirilganlarning 355 ming nafarida yuqumli kasalliklar qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  G‘azoda o‘lganlar soni 22 mingdan oshib ketgani haqida ma’lum qilgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

G'azo ayollar va bolalar o'ldirilganlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing