G‘azoda 150 nafar shifokor halok bo‘ldi - Falastin

Olam

image

“Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti xodimi dushanba kuni G‘azodagi qochqinlar lageriga uyushtirilgan zarbada oilasi bilan birga halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” nashri xabar berdi

Shifokorning ismi Muhammad Al-Axel edi. U 6 noyabr kuni bir necha oila a’zolari bilan birga o‘ldirilgan. Tashkilotning bildirishicha, xodim ikki yildan ortiq vaqt davomida laborant bo‘lib ishlagan va bomba kelib tushgan vaqtda Al-Shayt qochqinlar lageridagi o‘z uyida bo‘lgan. 

“G‘azo bo‘ylab nochor odamlar oila a’zolarini, uylarini va hayotlarini yo‘qotishda davom etmoqda. Dunyo yetakchilari esa arzirli chora ko‘rmayapti”, deydi tashkilot vakili.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bergan ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azoda 7 oktyabrdan beri 16 ta tibbiyot xodimi halok bo‘lgan. 

Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi esa Isroil hujumi 150 nafar tibbiyot xodimining o‘limiga va 27 tez yordam mashinasining yo‘q qilinishiga yoki ishdan chiqishiga olib kelganini aytmoqda

Shuningdek, G‘azo sektoriga berilgan zarbalari natijasida 16 kasalxona va 32 birlamchi tibbiy yordam markazi o‘z faoliyatini to‘xtatgan. 

Ma’lumot uchun, Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 10,3 mingdan oshdi, 25 mingdan ortiq kishi jarohat oldi. Turli manbalarga ko‘ra, 150 ga yaqin isroillik HAMAS tomonidan asirga olingan bo‘lishi mumkin. Harakatning o‘zi G‘azo sektorida 200-250 ga yaqin mahbus borligini ma’lum qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Isroil-Falastin mojarosi avj olgan 7 oktyabrdan beri blokada ostidagi G‘azo sektorida 38 nafar ommaviy axborot vositalari xodimi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

shifokor Falastin Isroil halok bo'ldi G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing