G‘azoda har 10 daqiqada bir bola vafot etmoqda – BMT

Olam

image

G‘azo sektorida Isroilning zarbalari har 10 daqiqada bir bolani o‘ldirib, yana ikki nafarini jarohatlaydi. Bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam berish agentligi (UNRWA)ning hisobotida keltirilgan.

Qayd etilishicha, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda G‘azo bolalar qabristoniga aylanib borayotganini aytgan.

Jahon tashkiloti rahbarining so‘zlariga ko‘ra, G‘azoda har kuni yuzlab qiz va o‘g‘il bolalar halok bo‘ladi va yaralanadi.

BMT va tashkilotning gumanitar sheriklari 2,7 million kishiga – G‘azo sektorining butun aholisiga va G‘arbiy Sohildagi yarim million falastinliklarga, shu jumladan Sharqiy Quddusga yordam berish uchun 1,2 milliard dollarlik insonparvarlik yordami kerakligi haqida davlatlarga murojaat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq 7 oktyabrdan beri o‘nlab yordam xodimlari, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam berish agentligi xodimlari bo‘lgan 88 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. 

Shuningdek, Yaqin Sharqdagi navbatdagi eskalatsiya boshlanganidan so‘ng, G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 10 ming 22 nafarga yetgani ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

bolalar G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing