“G‘azo vayronalarida yashayotgan futbol hissi”. Falastin JCH-2026 saralashi uchun tarkibini e’lon qildi (video)
Sport
−
18 mart
2560Falastin terma jamoasi Jahon chempionati-2026 saralash bosqichi doirasida mart oyidagi yig‘inlar uchun qaydnomani video shaklda e’lon qildi.
Ushbu videoda G‘azo sektori vayronalari orasida bolalar futbolchilarning suratlarini topayotgan jarayonini ta’sirli tarzda ko‘rsatilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Falastin terma jamoasi Jahon chempionati-2026 saralash bosqichi doirasida mart oyida 2 ta o‘yin o‘tkazadi. Dastlab, 20 mart kuni Iordaniyaga qarshi mehmonda va 25 mart kuni Iroqqa qarshi o‘z uyida maydonga tushadi. Falastin terma jamoasi 3-saralash bosqichida “B” guruhida 6 turdan keyin 3 ochko jamg‘arib, so‘nggi 6-o‘rinda bormoqda. Jamoa ushbu bosqichda 3 ta durang va 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
LiveBarchasi