G‘azo sektorida suv inqirozi kuchaymoqda 

Olam

image

Isroil harbiylari quduqlar, suv havzalari, nasos stansiyalari va quvur tarmoqlarini vayron qilgani sababli G‘azo sektori janubida suv inqirozi kuchaymoqda. Bu haqda “Al Jazeera” telekanali xabar berdi.

Isroilning G‘azoga qarshi deyarli 11 oydan beri davom etayotgan harakatlari oqibatida anklav janubidagi Xon Yunus shahardagi beshta asosiy suv omboridan to‘rttasi vayron bo‘lgan. Quduqlar, suv omborlari va quvur tarmoqlariga zarar yetkazilib, mahalliy aholi deyarli suv ta’minotidan mahrum bo‘ldi.

Shuningdek, G‘azo sektori shimolidagi asosiy shifoxonalardan biri elektr generatorlari uchun yoqilg‘i yetishmasligi sababli ishlamayapti. Al-Avda shifoxonasi direktori Muhammad Solihning aytishicha, shifoxona elektr generatorlari uchun “yoqilg‘i olmasa, 24 soat ichida o‘z faoliyatini to‘xtatadi”.

“Barcha operatsiyalar, jami 56 tasi qoldirildi. Yoqilg‘i tez orada yetkazib berilmasa, bemorlarda gangrena va yallig‘lanish paydo bo‘ladi. Oqibatda ularning oyoq-qo‘llari yo kesiladi yoki o‘ladi. Kesariya yo‘li bilan tug‘ish tartibi ham xavf ostida”, deydi u.

Bundan tashqari, telekanal Falastin anklavining shimolida joylashgan Kamol Advan shifoxonasida yoqilg‘i tanqisligi haqida xabar bergan. Bu tibbiyot muassasasi ham keyingi 24 soat ichida yoqilg‘i va dori-darmon yetishmasligi sababli ishini to‘xtatishga majbur bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish so‘nggi haftalarda Xon Yunus va Dayr al-Bahldagi kanalizatsiya namunalarida poliovirus aniqlanganini ma’lum qilgan, shu munosabat bilan BMT avgust oyi oxirida G‘azoda 10 yoshgacha bo‘lgan 640 mingdan ortiq bolalarni poliomiyelitga qarshi emlash kampaniyasini boshlashni rejalashtirayotganini bildirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing