G‘azo Falastinniki va uning bosib olinishiga qarshimiz  – Vashington

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Isroilning G‘azo sektorini qayta ishg‘ol qilishini qo‘llab-quvvatlamaydi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot kotibi o‘rinbosari Vedant Patel matbuot anjumanida so‘z ochdi.

Undan Isroil Bosh vaziri Binyamin Netenyaxuning "urushdan keyin G‘azo xavfsizligi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi" haqidagi bayonotiga izoh berish so‘ralgan.

“Biz Isroilning G‘azoni qayta bosib olishini qo‘llab-quvvatlamaymiz”, degan Patel.

Uning aytishicha, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Isroilga tashrifi chog‘ida suhbatdoshlariga buni ochiq aytgan.

“Qo‘shma Shtatlar barcha qarorlarni qabul qilish huquqi falastinliklarda qolishi kerak degan nuqtayi nazarga amal qiladi, chunki G‘azo sektori Falastin yeridir va shunday bo‘lib qoladi”, degan Davlat departamenti vakili. 

Shu bilan birga, Patel HAMASning 7 oktyabrdagi Isroilga hujumidan so‘ng G‘azo sektorida “status-kvoga qaytish mumkin emas”ligini aytgan. 

“Isroil va butun mintaqa xavfsiz bo‘lishi, G‘azo sektori esa Isroil xalqi va boshqalarga qarshi terrorchilik hujumlari uchun baza bo‘lib qolmasligi kerak”, deydi Patel.

Eslatib o‘tamiz, 3 noyabr kuni AQSH Davlat kotibi Yaqin Sharqdagi vaziyat fonida uchinchi marta Isroilga borgan, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu, Prezident Isxaak Gersog va boshqa rasmiylar bilan uchrashgandi. Blinken Amerika Qo‘shma Shtatlari Isroilga G‘azo sektoridagi falastinlik tinch aholi o‘rtasidagi talofatlarni minimallashtirishga qaratilgan "aniq qadamlar"ni taklif qilganini bildirgandi. Biroq Netanyaxu Isroil shiddatli hujum uyushtirayotgan G‘azo sektorida HAMAS tomonidan ushlab turilgan mahbuslarni ozod qilmasdan, vaqtinchalik gumanitar sulh tuzish taklifini rad etdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil G'azo Binyamin Neten'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing