Gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqni kosasi oqarmaydi – Alisher Qodirov
Jamiyat
−
24 yanvar
22451Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari Alisher Qodirov tabiiy gaz qimmatli resurs ekani, 1 kub gazdan 10 ga yaqin yuqori qiymatli, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish, xorijga sotish va uning puliga millionlab odamlarni ish bilan ta’minlash mumkinligini bildirdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozdi .
“Tillaqatori milliardlab kub gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqni kosasi oqarmaydi”, deydi deputat.
Uning aytishicha, elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirib, gaz o‘rniga elektr energiyasi ishlatishni o‘rganish kerak.
“Yangi quriladigan uylarda energiya manbasi sifatida faqat elektr energiyasini rag‘batlantirish taklifini qo‘llab-quvvatlaymiz. Yashil energetika kelajagimiz”, deb yozdi Alisher Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, Statistika agentligi o‘tgan yili yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda gaz importi 5,7 barobarga oshib, 1,15 milliard dollarni, eksport esa 7,4 foizga ko‘payib, 404 million dollarni tashkil qilganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi