G‘aznachilik xizmati qo‘mitasiga bir qator vakolatlar berilmoqda
Jamiyat
−
01 Sentabr 2023
5482Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga bir qator vakolatlar berilmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Iqtisodiyot va moliya vazirining “Moliya vazirligi axborot tizimida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini yuritish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Mazkur buyruq bilan G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga bir qator vakolatlar berilmoqda. Jumladan:
- byudjet tashkilotlari va Davlat maqsadli jamg‘armalarning chet el valyutasidagi xarajatlari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochish va yopish;
- ta’sischisi byudjet tashkilotlari bo‘lgan unitar korxonalarga shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochish va yopish.
Buyruq bilan jami 17 ta boshqa maqsadli jamg‘arma nomlari tasdiqlanib, ularga shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochish va yopish tartibi belgilandi.
Ushbu buyruqning qabul qilinishi natijasida g‘aznachilik xizmatini ko‘rsatishda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochilishida vujudga kelayotgan noaniqliklarga barham berilishi ko‘zda tutilgan.
Akobir Sayidov