“Gaz zapravka”larning ish vaqtiga cheklov o‘rnatildi
Jamiyat
−
25 fevral 2021
10074O‘zbekiston bo‘ylab avtotransport vositalariga gaz to‘ldirish shoxobchalarining ishlash vaqtiga cheklov kiritildi. Bu haqda “Hududgazta'minot” AJ ma’lum qildi.
Aksiyadorlik jamiyati haydovchilardan, o‘z avtoulovlariga gaz to‘ldirish ishlarini soat 05:00 dan – 15:00 oralig‘ida texnika xavfsizligi qoidalari asosida amalga oshirishlarini so‘ragan.
Cheklov o‘rnatilishiga joriy yilning 24-27 fevral kunlari mamlakatga sovuq havo oqimining kirib kelishi natijasida, respublikaning ayrim hududlarida havo harorati kechasi 20-25 darajagacha sovuq bo‘lishi sabab qilib ko‘rsatilgan.
Qayd etilishicha, bunday sharoitda tabiiy gaz iste’moli hajmining keskin ortishi kutilmoqda. Tabiiy gaz esa birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz ravishda ta’minlashga qaratilishi kerak.
LiveBarchasi