Gaz va “svet” uchun qarzdorlikni undirishda arizachidan qo‘shimcha hujjatlar talab qilish boshlandi

Jamiyat

image

Elektr energiyasi va gaz uchun qarzdorlikni undirishga endi arizachidan qo‘shimcha hujjatlar talab qilinadi. Bu haqda joriy yilning 28 avgust kuni Prezident tomonidan imzolangan “Ijro ishini yuritish yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan.

Unga ko‘ra, Majburiy ijro byurosiga iste’mol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi arizaga qarzdor jismoniy shaxs energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi lozim.

Iste’mol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun qarzdorlikni undirish to‘g‘risida sud buyrug‘ini berish haqidagi arizaga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilarning ko‘chirma nusxalari ham ilova qilinadi:

  • iste’molchi bilan tuzilgan shartnomaning;
  • penya hisoblanishi to‘g‘risidagi va iste’molchini tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzish haqidagi ogohlantirish ko‘rsatilgan, qarzni to‘lash to‘g‘risidagi talabning, shuningdek uning iste’molchiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatning;
  • iste’molchi tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatning.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq elektr hisobi uchun yangi billing dasturi ishga tushgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Elektr energiyasi qo'shimcha hujjatlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing