Bir haftada qariyb 40 mlrd so‘mlik energoresurs o‘g‘irlandi

3-sahifa

image

So‘nggi bir haftada energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar oqibatida tizimga 37,9 mlrd so‘m zarar yetkazildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr hamda gaz ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda so‘nggi bir haftada o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 92 ta holat aniqlangan.

Bunda 15,6 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (32,4 mlrd so‘m) va 1,8 mln metr kub tabiiy gaz (5,4 mlrd so‘m) talon-toroj qilinishi oqibatida jami 37 mlrd 921 mln so‘m zarar qayta hisob-kitob qilingan.

Bildirilishicha, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 126 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan. Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bir kunda 339 ta energoresurslarni yo‘qotish holatlari hamda 547 ta holatda 3,4 mlrd so‘mlik talon-toroj qilish holatlari aniqlagani xabar qilingandi. Qonun buzilishga yo‘l qo‘ygan 12 nafar shaxslar ma’muriy va intizomiy javobgarlikka tortilgan, 4 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Elektr energiyasi tabiiy gaz O'zenergoinspektsiya energoresurs

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing