Gaz va “svet” muammolari uchun maxsus shtablar tashkil etildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda elektr va gaz ta’minotidagi muammolarni bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida 15 ta hududda maxsus shtablar tashkil etildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, shtablar joylardagi elektr va gaz ta’minoti holatini chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tizimli ravishda bartaraf etish bilan shug‘ullanadi.

Har bir shtabga energetika tizimi tashkilotlari boshliqlari rahbar etib biriktirilgan. Tuman hokimlari esa shtab rahbarlarining o‘rinbosari etib belgilangan.

Xususan:

  • Andijon tumani – Energetika vaziri maslahatchisi Dadajon Isoqulov;
  • Davlatobod tumani – “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ raisi Abdumalik Nazirov;
  • Denov tumani – “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i o‘rinbosari Behzod Sobirov;
  • Farg‘ona tumani – “Hududgazta’minot” AJ raisi Marufxon Xo‘jayev;
  • Koson tumani – “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i o‘rinbosari Xurshidjon Eshqo‘ziyev;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani – Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Umid Mamadaminov;
  • Qo‘shtepa tumani – “O‘zenergosotish” AJ raisi Jahongir Obidjonov;
  • Sirdaryo tumani – “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ raisi Bahodir Jo‘rayev;
  • To‘rtko‘l tumani – “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ raisining birinchi o‘rinbosari Ozod Oxunov;
  • Urganch tumani – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisining birinchi o‘rinbosari Bobur Islomov;
  • Urgut tumani – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi Sardor Isoqulov;
  • Xatirchi tumani – Energetika vaziri o‘rinbosari Umarjon Egamberdiyev;
  • Yangiyo‘l tumani – Energetika vaziri Sherzod Xo‘jayev;
  • G‘ijduvon tumani – “O‘ztransgaz” AJ raisi Askar Isoqov;
  • Sharof Rashidov tumani – “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i Ahad Isoqjonov mas’ul etib belgilangan.

Vazirlik fuqarolarga elektr va gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammo yoki takliflari bo‘lsa, mazkur tumanlar hokimliklarida tashkil etilgan shtablarga murojaat qilishni tavsiya qilgan.

Energetika vazirligi aynan ushbu hududlar tanlanganligiga sabab sifatida ushbu hududlarda elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha qarzdorlik darajasi yuqoriligi, energiya yo‘qotishlari ko‘pligi, tarmoqlarning eskirgani, shuningdek, aholining murojaatlari soni ko‘pligi kabi omillarni ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda tabiiy gaz yetkazib berish qiyin bo‘lgan 1 ming 916 ta mahallani elektr isitish tizimiga o‘tkazish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing