Gaz yetib bormaydigan qariyb 2 mingta mahalla elektr bilan isitiladi
Jamiyat
−
27 iyul 2931 1 daqiqa
O‘zbekistonda tabiiy gaz yetkazib berish qiyin bo‘lgan 1 ming 916 ta mahallani elektr isitish tizimiga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda bugun, 27 iyul kuni Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, mas’ullarga uch oy muddatda ushbu mahallalarni elektr isitish tizimiga o‘tkazish uchun zarur infratuzilma, qo‘shimcha elektr energiyasi hajmi hamda talab etiladigan xarajatlar bo‘yicha hisob-kitoblarni tayyorlash topshirilgan.
Shuningdek, birinchi navbatda moliyalashtirish zarur bo‘lgan mahallalar kesimida alohida dastur ishlab chiqilishi belgilangan.
Yig‘ilishda suyultirilgan gaz ta’minoti masalasi ham muhokama qilingan. Hozirgi kunda mamlakatdagi 3 million 700 ming xonadon suyultirilgan gazdan foydalanmoqda. So‘nggi yillarda tizim raqamlashtirilib, tartibga solingan bo‘lsa-da, gazni iste’molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berish muammosi to‘liq bartaraf etilmagani qayd etilgan.
Shu munosabat bilan suyultirilgan gaz yetkazib berish xizmatiga xususiy sektorni jalb etish taklifi ma’qullangan. Mazkur tizimni dastlab Andijon viloyatida yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangiyo‘l tumani aholisi va tadbirkorlarini elektr hamda gaz bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha maxsus shtab tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi