Gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanish bo‘yicha “chempion” viloyatlar e’lon qilindi

Jamiyat

image

Joriy yilning sentyabr oyida tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishning eng ko‘p holatlari Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida kuzatildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.

Bildirilishicha, o‘tgan oyda ayrim iste’molchilarning elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi oqibatda tizimga 111 mlrd 428 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Inspeksiya tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr hamda gaz ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda sentyabr oyida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 911 ta holatda iste’molchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

“Bunda 94 mln 533 ming metr kub tabiiy gaz (91 mlrd 57 mln so‘m) va 42 mln 961 ming kVt soat elektr energiyasi (20 mlrd 371 mln so‘m) talon-toroj qilinishi oqibatida tizimga keltirilgan jami 111 mlrd 428 mln so‘m zarar undirishga qaratildi”, deyiladi “O‘zenergoinspeksiya” xabarida.

Qayd etilishicha, ushbu hajmdagi tabiiy gaz hozirgi kunda 472 ming 665 ta xonadonning, elektr energiyasi esa 214 ming 805 ta xonadonning bir oylik iste’moliga tengdir. Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Samarqand elektr energiyasi Farg'ona tabiiy gaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing