Yaqindagi qo‘shnidan uzoqdagi rus gazi yaxshimi?

Intervyu

Kecha, 1 avgustdan boshlab 1 kub metr metan gaz uchun belgilangan 3750 so‘mlik eng baland narx chegarasi bekor qilindi. Shundan keyin metan gaz O‘zbekistonning turli hududlarida turlicha narxda sotila boshladi. Ijtimoiy tarmoqlarda, metan gaz narxi 4250 so‘mgacha oshgani haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi moliyaviy iqtisodiy tahlil va narx siyosati bo‘limi boshlig‘i Orzugul Ravshanovaning QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilishicha, metan narxi asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

“Kuz-qish mavsumini yaxshi o‘tkazib olishimiz uchun, undan tashqari, narxlarning sun’iy oshirilishining oldini olish maqsadida 1 avgustgacha 3750 so‘m eng yuqori chakana narx belgilangandi. Hozir biz shu qarorga keldik, narxlarni erkinlashtirsak ayrim nazorat qiluvchi davlat organlari yordamida kelgusida narxlar keskin o‘sib ketmasligini ta’minlagan holda erkin bozor narxlariga qaytarishga qaror qilindi. Sababi hozirda zapravkalarning sotib oladigan narxi qat’iy belgilandi: 1800 so‘m QQS bilan  ular sotib oladigan gazning narxi aniq. Asosiy xarajati shu. Undan tashqari, resurs soliqlari ham stavkalari har yili bir marta indeksatsiya qilinadi yil boshida. Demak, yil oxirigacha oshadi degan xavf yo‘q, resurs soliqlari bo‘yicha. Saqlash xarajatlari yoki boshqa xarajatlar yil davomida unchalik oshmaydi. Shuni hisobga olib, narxlar keskin oshib  ketishiga sabab bo‘lmagani tufayli demak, metan gazi uchun narxlarni erkinlashtirishga qaror qabul qilindi. Lekin asossiz, iste’molchilarning manfaatiga zid ravishda, sun’iy ravishda oshirish holatlari bo‘ladigan bo‘lsa agar bu asossiz bo‘ladigan bo‘lsa tegishli choralar ko‘riladi”, deydi Orzigul Ravshanova.

QALAMPIR.UZ muxbirining qaysi gaz “zapravka”larida gaz narxi qanchadan sotilayotganini ko‘rib, nazorat qilib borish imkoniyati bormi, deb bergan savoliga vazirlik mutasaddisi quyidagicha javob berdi.

“Bizda “Hududgazta’minot” AJ bilan ijtimoiy so‘rov o‘tkazdik, agar maksimal narx chegarasi bekor qilinadigan bo‘lsa qanchadan sotgan bo‘lardingiz, xarajatlarni, ya’ni foyda marjasini hisobga olganda minimum qanchadan sotilishi mumkin, degan so‘rovlar bo‘ldi. So‘rovlar bo‘yicha javoblar olindi va tegishli davlat organlari bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, mana shu narxlar doirasida nazoratni amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar va vazifalar belgilandi”, deydi Energetika vazirligining moliyaviy iqtisodiy tahlil va narx siyosati bo‘limi boshlig‘i.

Nima uchun Turkmaniston, Qozog‘iston kabi yirik gaz zaxiralariga ega qo‘shni mamlakatlar qolib, O‘zbekiston aynan uzoq Rossiyadan gaz import qilmoqda? 

Energetika vazirligi mutasaddisi ushbu savolga javob berar ekan, bu xaridor O‘zbekiston emas, sotuvchi qo‘shni mamlakatlar xohishiga bog‘liq ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bilan hozirgi siyosiy vaziyatdan kelib chiqib, O‘zbekistonga maqbul narx va hajmda gaz yetkazib berish uchun bitim tuzilgan.

Vazirlik vakiling so‘zlariga ko‘ra, importga ko‘p urg‘u berish kerak emas. Hozirda import qilinayotgan gaz hajmi umumiy respublika iste’molida 11-15 foiz atrofida farqlanib turadi. Asosiy e’tibor ichki bozordagi gaz sanoatiga qaratilishi kerak. Lekin bir tomondan gaz qazib olish hajmi kamaymoqda. Batafsil videoni QALAMPIR.UZ’ning Youtube sahifasida tomosha qiling.

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Energetika vazirligi metan gaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing