G‘ayrat Do‘stov sud zalidan ozod qilindi (video)
3-sahifa
−
03 yanvar
46516Metan “zapravka”dagi murojaati bilan tanilgan G‘ayrat Do‘stov bugun, 3 yanvar kuni apellyatsiya instansiyasining qarori bilan sud zalidan ozod qilindi. Bu haqda sud zalidan QALAMPIR.UZ jurnalisti xabar berdi.
"Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudining 2024 yil 26 dekabr kunidagi Do‘stov G‘ayrat Ahmadovichga nisbatan chiqargan qarori o‘zgartirilsin. Do‘stov G‘ayrat Ahmadovichga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi bilan 8 sutka ma’muriy qamoq tayinlansin. Tayinlangan jazo o‘talgan deb hisoblansin. Do‘stov sud majlis zalida ma’muriy qamoqdan ozod qilinsin. Apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirilsin. Qarordan norozi taraflar 6 oy muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga taftish tartibida tartibda shikoyat berish yoki protest kiritish huquqiga egaligi tushuntirilsin", deya sud qarorini o‘qib eshittirdi raislik qiluvchi sudya Farruh Ergashev.
U dastlabki sud instansiyasida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgandi. Huquqbuzarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bilan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangandi.
LiveBarchasi